
«Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida»gi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Reyestr Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan shakllantiriladigan roʻyxatdan iborat boʻlib, unga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
- Davlat xaridlari shartlarini buzgan yoki bajarishdan bosh tortganlar.
- Majburiyatlarni bajarmaganlikda aybdor deb topilganlar (bartaraf etib boʻlmaydigan holatlar mustasno).
- Davlat xaridlarida yolgʻon yoki soxta hujjatlar taqdim etganlar, manfaatlar toʻqnashuvini yashirganlar.
- Sud qaroriga koʻra firibgarlik, soxtalashtirish yoki korrupsiya jinoyatlarini sodir etganlar.
Insofsiz ijrochi Reyestrga kiritilganidan boshlab 2-yil muddat oʻtgandan soʻng avtomatik tarzda Reyestrdan chiqariladi. Insofsiz ijrochi sudning tegishli qaroriga koʻra Reyestrdan chiqarilishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan davlat organlari ochiqligi masofadan monitoring qilinishi haqida xabar bergan edi.