Yangiliklar

Firibgarlar 11% yillik stavka bilan kreditlar taklif qilishni boshladi

Bunday reklamaga duch kelganlardan 102 yoki 1102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari so‘raladi
Foto: telegram / cyber 102

So‘nggi kunlarda Telegram va Instagram tarmoqlarida tarqatilayotgan «11% yillik stavka bilan 200 million so‘mgacha kredit tasdiqlaymiz» mazmunidagi xabarlar mutlaqo yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi. Ushbu xabarlar ko‘pincha turli kanal va guruhlarda fotosuratlar ko‘rinishida tarqalmoqda. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi ma’lum qildi.

Bu kabi e’lonlarning orqasida firibgarlar turibdi va ularning asosiy maqsadi – sizning pul mablag‘laringizni o‘zlashtirishdir.

Agar siz ham shunday holatga duch kelsangiz yoki pullaringiz talon-toroj qilingan bo‘lsa, zudlik bilan 102 yoki 1102 qisqa raqamlariga murojaat qiling.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan shubhali ish takliflari: firibgarlar Temu nomidan daromad va’da qilishayotgani haqida xabar bergan edi.