Oʻzbekistonda dam olish kunlari qor yogʻishi kutilmoqda
eʼlon qilindi
Dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi bo‘ylab beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
18–19-yanvar kunlari Oʻzbekistonning ba’zi hududlarida 18–19-yanvar kunlari qor yogʻadi. Bu haqda «Oʻzgidromet» axborot xizmati xabar berdi.
Dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻylab beqaror ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Respublikada vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻlib, shimolda yogʻingarchilik qor shaklida, qolgan hududlarda asosan yomgʻir shaklida kuzatiladi.
Toshkent shahrida 18-yanvar kechasi va 19-yanvarda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yengil oʻrtacha tezlikdagi shamol boʻladi.