Sport

Uch nafar polvonimiz Parij «Katta dubulgʻa» turnirida kurashadi

Musobaqada dunyoning 50 ga yaqin mamlakatidan 250 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda
Foto: Olympic.uz

1-2-fevral kunlari Fransiyaning Parij shahrida «Katta dubulgʻa» musobaqasi o‘tkaziladi. Musobaqada dunyoning 50 ga yaqin mamlakatidan 250 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi ham mazkur xalqaro turnirda ishtirok etadi. Bu haqda Olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

Mamlakat dzyudo federatsiyasining ma’lum qilishicha, Parij turnirida O‘zbekistonning uchta yetakchi dzyudochisi: Bahrom Boturov (-60 kg), Shahram Ahadov (-73 kg) va O‘tkirbek To‘raboyev (+100 kg) medallar uchun kurash olib borishadi.

Shuningdek, musobaqa doirasida 2024-yil dzyudo laureatlari ham aniqlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Komiljon Toʻxtayev «Xarbin – 2025» qishki Osiyo oʻyinlarida medal uchun kurashishi haqida xabar bergan edik.