Butunjahon yodgorliklar jamg‘armasi (WMF) Oyni yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida turgan madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritdi, deb yozadi The Guardian.
Shunga qaramay fond sun’iy yo‘ldoshning xavfsizligidan qo‘rqmaydi. Bu kosmonavtlar Nil Armstrong va Bazz Oldrinning oyda qoldirgan izlari, shuningdek, xotira diski va videokamera kabi madaniy obyektlar taqdiri bilan bog‘liq xavotirlarga tegishli.
Bu obyektlar kelajakda turistlar tomonidan zararlanishi mumkin. WMF rejalashtirilgan tijoriy kosmik parvozlar sonining ko‘payishini qayd etdi. Biroq inson artefaktlarini Yerdan tashqarida saqlash uchun protokollar hali mavjud emas.
AQSh kosmik agentligi NASAning Artemida III missiyasi Oyga 2027-yilning o‘rtalariga mo‘ljallangan.
WMF ro‘yxatida 25 ta obyekt mavjud.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yil iyun oyida Xitoyning Chang’e-6 zondi Oyning narigi tomoniga qo‘ngani haqida xabar bergan edi.