Alohida dori vositalari klinik tadqiqotsiz ro‘yxatga olinadi

eʼlon qilindi
Yakuniy qaror esa Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Ekspertlar kengashi tomonidan tasdiqlanadi
Foto: motorolka / www.depositphotos.com

Adliya vazirligi tomonidan «Alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Dori vositalarini klinik tadqiqotsiz ro‘yxatdan o‘tkazish Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi qoshidagi Farmakologiya qo‘mitasi tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Yakuniy qaror esa Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Ekspertlar kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu jarayon hukumatning belgilangan tartibiga mos ravishda olib boriladi.

Quyidagi dori vositalari klinik tadqiqotlar o‘tkazilmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi: 

  1. GMP talablariga muvofiqlik bo‘yicha o‘rganish talab etilmaydigan dorilar – maxsus ro‘yxatga kiritilgan vositalar. 
  2. Jenerik va galen preparatlar – mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan, xavfsizligi va samaradorligi referens preparatlar darajasida isbotlangan dorilar. 
  3. Bir xil tarkibli dori vositalari – bir ishlab chiqaruvchi tomonidan turli savdo nomlari ostida ishlab chiqarilgan dorilar.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ko‘p kvartirali uylarning yerto‘lasi uchun ijara to‘lovi endi «Mening uyim» billing tizimida amalga oshirilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek