Ko‘p kvartirali uylarning yerto‘lasi uchun ijara to‘lovi endi «Mening uyim» billing tizimida amalga oshiriladi

eʼlon qilindi
Foto: artistan / www.depositphotos.com

Hukumat qarori bilan ko‘p kvartirali uylarning yerto‘lasidan foydalanish tartibi bo‘yicha yangi o‘zgarishlar kiritildi. Unga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslarga ijara uchun to‘lovlar endilikda «Mening uyim» billing tizimi orqali yuritiladi.

Shuningdek, yerto‘lani ijaraga berishda ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan huquqlar mulkdorlar nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi belgilandi.

Endi «UZCAD» va «Mening uyim» tizimlari integratsiyasi orqali ko‘p kvartirali uylarning mulkdorlari va yer uchastkalari haqidagi ma’lumotlar yagona bazada saqlanadi. 
Davlat soliq qo‘mitasi elektron tizimining «Mening uyim» bilan integratsiyasi orqali boshqarish organlarining yerto‘la foydalanuvchilari bilan tuzilgan ijara yoki tekin foydalanish shartnomalari haqidagi ma’lumotlar almashiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan kredit bitimlari uchun taqiq va javobgarlik: qonun loyihasi qabul qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek