Noma’lum shaxslar Afrosiyob yo‘lida beton shpal tashlab ketishgan

eʼlon qilindi
Foto: dmitryi / depositphotos

Toshkent – Buxoro yo‘nalishida harakatlanayotgan «Afrosiyob» tezyurar poyezdi noma’lum shaxslar temir yo‘l relsiga tashlab qo‘ygan beton shpalni bosib ketdi, deb xabar berdi «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi.

Poyezd zudlik bilan tormozlandi, buning natijasida jiddiy oqibatlarning oldi olindi. Hech kim jabrlanmagan, poyezdga ozgina zarar yetgan.

Voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Favqulodda hodisa «Ziyovuddin» va «Navoiy» bekatlari oralig‘ida 14-yanvar kuni kechga yaqin sodir bo‘lgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri «O‘zbekiston temir yo‘llari» 40 ta elektropoyezd sotib olishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek