Yangiliklar

20-yanvardan Urganch – Qoʻngʻirot yoʻnalishi boʻyicha yangi poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

Poyezd qatnovi har kuni Urganchdan soat 6:00 da, Qo‘ng‘irotdan soat 13:24 da harakatlanadi
Foto: Joʻqorgʻi Kengesi axborot xizmati

Xorazmning Urganch shahridan Qoraqalpogʻistonning Qoʻngʻirot tumaniga yangi poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilmoqda. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi axborot xizmati xabar berdi.

«Qoraqalpogʻiston boʻyicha amalga oshirilgan mega loyihalardan biri boʻlgan Amudaryo ustidan oʻtuvchi yangi koʻprikda joriy yilning 20-yanvar sanasidan boshlab yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Urganch – Qoʻngʻirot – Urganch yoʻnalishi boʻyicha yangi poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilmoqda», – deyiladi xabarda.

Poyezd qatnovi har kuni Urganchdan soat 6:00 da, Qoʻngʻirotdan soat 13:24 da harakatlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ostona – Samarqand yoʻnalishida poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.