Yangiliklar

TikTok AQShda oʻz faoliyatini toʻxtatdi

Foydalanuvchilar ilova bloklanishi haqida bildirishnoma olgan
Foto: Solen Feyissa / Unsplash

Shanba kuni kechqurun TikTok 170 millionga yaqin foydalanuvchilarga ega boʻlgan platformadan foydalanishni taqiqlovchi qonun kuchga kirishi fonida AQShdagi Apple va Google ilova doʻkonlaridan olib tashlandi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foydalanuvchilar ilova bloklanishi haqida bildirishnoma olgan, unda TikTok muammoni hal qilish ustida ishlashini ta’kidlaydi. Capcut va Lemon8 kabi boshqa ByteDance ilovalari ham oʻchirildi.

Bunga javoban Donald Tramp lavozimga kirishganidan keyin TikTokʼka taqiqni 90 kunga kechiktirishi mumkinligini aytdi.

Taqiqning sababi milliy xavfsizlikka tahdid tufayli Xitoyning ByteDance bosh kompaniyasi bilan aloqani uzish talabi boʻldi. Agar rad etilsa, TikTok AQShdagi faoliyatini toʻxtatishi kerak.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoy TikTokʼni Ilon Maskka sotishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.