UzAirways 19-yanvar kungi Toshkent – Moskva yoʻnalishidagi parvozlarga oʻzgartirish kiritdi
eʼlon qilindi
Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi

Uzbekistan Airways 19-yanvar kuni Toshkent – Moskva yo‘nalishidagi HY601/602 reysi jadvaliga o‘zgartirishlar kiritdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Aviakompaniya bunga samolyotning kech yetib kelganini sabab qilib koʻrsatdi. Reyslar quyidagi oʻzgartirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
HY601 reysi:
- Toshkentdan joʻnash: 21:00;
- Moskvaga yetib borish: 23:20.
HY602 reysi:
- Moskvadan joʻnash: 00:30;
- Toshkentga yetib borish: 06:20.
Kursiv Uzbekistan Buxorodan Moskvaga uchgan samolyot dvigatelida nosozlik yuzaga kelgani haqida xabar bergan edi.