Uzbekistan Airways samolyotida texnik nosozlik kuzatildi
eʼlon qilindi
Mutaxassislar samolyotni tiklash ustida ish olib bormoqda
Uzbekistan Airways matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 18-yanvar kuni Jidda—Toshkent yo‘nalishidagi HY336 reysi samolyotda texnik nosozlik sababli kechiktirildi. Mutaxassislar samolyotni tiklash ustida ish olib bormoqda. Yangilangan parvoz jadvali keyinroq e’lon qilinadi.
Shuningdek, yuqorida ko‘rsatilgan kechikish sababli, faqatgina 2025-yil 19-yanvar kuni HY333/334 reyslari quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:
- HY333: Toshkentdan jo‘nash – 11:30, Dubayga yetib borish – 14:05;
- HY334: Dubaydan jo‘nash – 15:30, Toshkentga yetib borish – 19:40.
18-yanvar kuni amalga oshirilishi kerak bo‘lgan Istanbul — Farg‘ona yo‘nalishidagi HY278 reysi ham kechiktirildi. Tekshiruvlardan so‘ng yangilangan jadval e’lon qilinadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Buxorodan Moskvaga uchgan samolyot dvigatelida nosozlik yuzaga kelgani haqida xabar bergan edi.