Uzbekistan Airways matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 18-yanvar kuni Jidda – Toshkent yo‘nalishidagi HY336 reysi samolyotida texnik nosozlik sababli kechiktirildi. Mutaxassislar samolyotni tiklash ustida ish olib bormoqda. Yangilangan parvoz jadvali keyinroq e’lon qilinadi.
Shuningdek, yuqorida ko‘rsatilgan kechikish sababli faqatgina 2025-yil 19-yanvar kuni HY333/334 reyslari quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:
- HY333: Toshkentdan jo‘nash – 11:30, Dubayga yetib borish – 14:05;
- HY334: Dubaydan jo‘nash – 15:30, Toshkentga yetib borish – 19:40.
18-yanvar kuni amalga oshirilishi kerak bo‘lgan Istanbul – Farg‘ona yo‘nalishidagi HY278 reysi ham kechiktirildi. Tekshiruvlardan so‘ng yangilangan jadval e’lon qilinadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Buxorodan Moskvaga uchgan samolyot dvigatelida nosozlik yuzaga kelgani haqida xabar bergan edi.