Yangiliklar

20-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi mumkin
Foto: Pexels.com

Bugun, 20 yanvar kuni Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Unga ko‘ra, O‘zbekistonning turli viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘lib, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin.

Toshkent shahri va viloyatida kechasi havo 0-2° iliq bo‘lib, kun davomida 10-12° iliq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo biroz bulutli bo‘lib, ba’zi joylarda tuman va kuchli shamol kuzatiladi. Harorat kechasi 2° sovuqdan 5° iliq gacha, kunduzi esa 5-10° iliq bo‘ladi.

Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi, lekin tuman tushishi mumkin.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi sovuq 0-5° bo‘ladi, kun esa 3-8° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, qor yog‘ishi va tuman tushishi mumkin.

Toshkent va Namangan viloyatlaridagi tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi mavjudligi sababli, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish zarur.