Husiylarning Qizil dengizdagi hujumlari jahon iqtisodiyotiga $200 mlrd zarar yetkazdi
2024-yilda Yaman husiylari Qizil dengizda Isroilga aloqador kemalarga hujum qilib, jahon iqtisodiyotiga $200 milliard zarar yetkazdi. Bu haqda The Economist xabar berdi.
Dengiz orqali yuk tashish narxi besh baravar oshdi, Suvaysh kanalidan esa Misr $7 milliard daromad yoʻqotdi. AQSh $5 milliardni oʻz kemalarini himoya qilishga sarfladi.
Shunindek, husiylar Afrikani aylanib oʻtishga majbur qilgan holda, yoʻllar 6 ming kilometrga uzayib, yetib borish vaqt 10-14 kunga ortdi. Yangi sharoitda sugʻurta tariflari 20 baravar oshdi.
Xitoy va Rossiya husiylar tomonidan hujumlarga uchramasdan foyda ko‘rdi, chunki husiylar ularning kemalarini nishonga olishmasligini ma’lum qilgan. Hozirda Suvaysh kanali orqali o‘tilayotgan neftning katta qismi Rossiyaning qo‘lida.
AQSh va Isroil harbiylari husiylarning harbiy obyektlariga zarba bergan, Gʻarbning boshqa mamlakatlari, shu jumladan, Buyuk Britaniya ham operatsiyalarda ishtirok etgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Isroil va HAMAS oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib olgani haqida xabar bergan edi.