IUCN yangi lavozim uchun tanlov e’lon qildi

eʼlon qilindi
Hujjat topshirishning oxirgi muddati 2025-yil 5-fevral
Foto: Wp.unil.ch

Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Toshkent shahrida joylashgan Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy byurosida dastur yordamchisi lavozimiga tanlov e’lon qilindi. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, IUCN 1948-yilda tashkil etilgan va hozirda 1,4 mingdan ortiq a’zo tashkilotlar va 17 ming ekspertni o‘z ichiga oladi. Tashkilot tabiiy dunyoni himoya qilish bo‘yicha global yondashuvni ilgari suradi.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar menejment, moliya yoki boshqa tegishli sohalarda oliy ma’lumot, loyiha boshqaruvi bo‘yicha kamida 3 yillik tajriba va Markaziy Osiyoda xalqaro tashkilotlarda ishlash tajribasiga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, ingliz va o‘zbek tillarini bilish, kompyuter savodxonligi va a’lo tashkiliy ko‘nikmalar talab qilinadi.

Arizalarni onlayn tarzda topshirish uchun ushbu havola orqali murojaat etish mumkin.

Shuningdek