Noqonuniy baliq ovlash natijasida tabiatga 487 million so‘mlik zarar yetkazildi

eʼlon qilindi
Tekshiruv jarayonida qoidabuzarlar yonida 145 kgga yaqin baliq va baliq ovlash vositalari borligi aniqlandi
Foto: Ekologiya vazirligi

Jizzax viloyati, Arnasoy tumani «Navro‘z» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida o‘tkazilgan reyd davomida Samarqand viloyati, Narpay tumanida yashovchi ikkita fuqaro noqonuniy baliq ovlagan holda ushlandi. Bu haqida Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.

Tekshiruv jarayonida qoidabuzarlar yonida 145 kgga yaqin baliq va baliq ovlash vositalari borligi aniqlandi. Ushbu noqonuniy faoliyat oqibatida tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 487 mln so‘mni tashkil qildi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar tayyorlanib, sud organlariga taqdim etildi. Tabiatni muhofaza qilishga oid qonunbuzarliklarga qarshi qonuniy choralar ko‘riladi.

Ekologiya vazirligi bunday noqonuniy harakatlarning oldini olish uchun nazoratni kuchaytirish va javobgarlikni oshirish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qashqadaryoda noqonuniy saqlanayotgan noyob qushlar aniqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek