Yangiliklar

O’tgan yilda qariyb 36 ming nafar o’zbekistonliklar o’qish maqsadida chet elga ketgan

Eng koʻp oʻzbekistonliklar Tojikistonni tanlagan
Foto: escapejaja / www.depositphotos.com

2024-yilning yanvar-dekabr oylarida jami 35,9 ming nafar Oʻzbekiston fuqarosi oʻqish maqsadida chet elga joʻnab ketgan. Bu haqda Statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Taʼkidlanishicha, eng koʻp oʻzbekistonliklar Tojikistonni tanlagan boʻlib, ushbu davlatga 12,8 ming nafar fuqaro oʻqish uchun yoʻl olgan. Keyingi oʻrinda Rossiya Federatsiyasi turibdi — bu davlatga 8,6 ming nafar fuqaro safar qilgan. Qirgʻiz Respublikasi deyarli 4 ming nafar oʻzbekistonlikni oʻziga jalb qilgan boʻlsa, Turkiya 2,7 ming nafar, Koreya Respublikasi esa 2,1 ming nafar talabani qabul qilgan.

Shuningdek, Qozogʻistonni 1,6 ming nafar fuqaro, Buyuk Britaniyani 792 nafar fuqaro tanlagan. Xitoyga 767 nafar, AQSHga 576 nafar, Birlashgan Arab Amirliklariga esa 390 nafar fuqaro oʻqish maqsadida yoʻl olgan. Qolgan boshqa davlatlarga jami 1,6 ming nafar oʻzbekistonlik borgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan til o‘rganishda qaysi viloyat yetakchi ekani ma’lum bo‘lgani haqida xabar bergan edi.