O‘zbekiston Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a’zo bo‘lish bo‘yicha yana bir mamlakat bilan muzokaralarni yakunladi. Bu haqda prezidentning maxsus vakili Azizbek Urunov o‘z LinkedIn sahifasida ma’lum qildi.
«Yana bir mamlakat O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Muzokaralar hissiyotlarga boy bo‘ldi, ammo biz muvaffaqiyatli yakunladik. Jarayonning asl go‘zalligi ham shundadir balki», – deb yozdi Urunov LinkedIn tarmog‘ida.
U, shuningdek, hozirgi kunga qadar muzokaralar 23 mamlakat bilan olib borilganini qo‘shimcha qildi.
O‘zbekiston hukumatining bayonotlariga ko‘ra, respublikaning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni oxirgi bosqichga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya Oʻzbekistonning JSTga a’zo boʻlishini qoʻllab-quvvatlagani haqida yozgan edik.