Yangiliklar

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi rekord darajani qayd etdi

8,09 so‘mga oshdi
Foto: Pexels.com

20-yanvar kuni AQSh dollarining rasmiy kursi 8,09 soʻmga oshib, 12 975,09 soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur koʻrsatkich dollar uchun rekord hisoblanib, 13-yanvar kuni qayd etilgan (12 972,08 soʻm) rekordni yangiladi.

Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarni 12 905 – 12 935 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12970 – 13 030 soʻm oraligʻida sotmoqda.

Shu bilan birga, yevro 21,31 soʻmga oshib, 13 373,43 soʻmga yetdi, Rossiya rubli esa 1,14 soʻmga oshib, 127,63 soʻmga teng boʻldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh dollarining rasmiy kursi uch kunlik pastlashdan soʻng koʻtarilgani haqida xabar bergan edi.