O‘zbekistonning Global Textile kompaniyasi Qozog‘istonda to‘qimachilik sohasiga $40 million sarmoya kiritadi
O‘zbekistonning Global Textile kompaniyasi Qozog‘istonning Turkiston viloyatida paxta-to‘qimachilik korxonasini qurish uchun 21 mlrd tengi (taxminan $40 mln) sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Turkiston viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, loyihaga paxta xom ashyosini qayta ishlash zavodi, to‘qimachilik fabrikalari, bo‘yash sехlari va logistika markazi kiradi. Kompaniya yiliga 13,8 ming tonna mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Tayyor mahsulotlarni Qozog‘istonda sotish va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilish rejalashtirilgan.
Korxonalarda 2 mingdan ortiq odamlar ishlaydi. Global Textile kompaniyasi loyihani 2027-yilga borib yakunlashni maqsad qilgan. O‘tgan yili kompaniya Turkiston viloyatiga paxta urug‘larini olib kelib, 3,2 ming gektar maydonda ekdi. Paxta hosili kompaniyaning kutganidan yuqori bo‘ldi.
Global Textile viloyat hokimligi bilan hamkorlikda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari uchun infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqdi. Viloyat rahbariyati o‘zbek sarmoyadorlariga loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlarida yordam ko‘rsatishni va’da qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alif kompaniyasi $20 million sarmoya jalb etgan edi.