20-yanvar kuni Toshkent shahrining ayrim tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Yashnobod tumanidagi «Jarqo‘rg‘on», «Muxtor Ashrafiy», «Yangi davr» va «Bunyodkor» MFYlarining ayrim hududlari soat 09:00 dan 13:00 gacha, Chilonzor tumanidagi «Do‘mbirobod», «Bog‘zor», «Botirma» va «Tirsakobod» MFYlarining ayrim hududlari esa soat 09:00 dan 17:00 gacha elektrsiz qoladi.
Ma’lumot uchun, ta’mir ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq tugashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BAA bilan chiqindidan elektr energiyasi olish bo‘yicha $200 mlnlik shartnoma imzolangan edi.