Prezident Hisob palatasi faoliyati bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev Hisob palatasining 2024-yilda amalga oshirgan ishlari va 2025-yilgi asosiy vazifalariga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Prezident mablag‘larning maqsadli ishlatilishi va moliyaviy nazoratni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Hisob palatasi so‘nggi yillarda audit tizimini xalqaro standartlarga asoslab yangilab, 2024-yilda 3,7 trln so‘m qo‘shimcha tushumni ta’minladi va 9,2 trln so‘mlik samarasiz xarajatlarni qisqartirdi.
2025-yilda «Masofaviy audit» tizimi yanada kengaytiriladi, 480 trln so‘mlik budjet xarajatlari monitoringi to‘liq amalga oshiriladi.
Shuningdek, davlat ulushi bor korxonalarning moliyaviy faoliyatini doimiy ravishda kuzatish va xalqaro auditni joriy etish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq investitsiya loyihalarida mahalliy mahsulotlardan foydalanish kuchaytirilishi haqida yozgan edik.