TikTok AQShda yana ishlay boshladi

eʼlon qilindi
Trampning shaxsan aralashuvi bilan
Foto: Reuters/Shannon Stapleton 

TikTok platformasi Donald Trampning aralashuvi bilan AQShda xizmatlarini qayta tiklashni boshladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Tramp 20-yanvar kuni o‘z lavozimiga kirishidan oldin TikTokni saqlashga qaror qilganini va AQShda qo‘shma korxona tashkil etishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. TikTok kompaniyasi ham ushbu qarorni tasdiqlab, xizmatni tiklash jarayonida ekanini e’lon qildi.

Bundan avval TikTok AQSh foydalanuvchilariga ilovadan foydalanishda muammolar yuzaga kelgan, chunki TikTokni taqiqlash haqidagi qonun 20-yanvar kuni kuchga kirishi kutilgan edi. Tramp esa TikTokning faoliyatini davom ettirish uchun vaqtinchalik imtiyozlar taqdim etishni va’da qildi.

Ma’lumot uchun, TikTokning qayta ishlashi, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar fonida bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy TikTokʼni Ilon Maskka sotishi mumkinligi haqida yozgan edik.

Shuningdek