Yangiliklar

Toshkent fond birjasida “O‘zbektelekom” aksiyalari 8,27 foizga o‘sdi, SQB aksiyalari esa 19 foizga pasaydi

10-yanvardan 17-yanvarga qadar UCI fond indeksi 2,42 foizga pasaydi
Foto: Pexels.com

«Toshkent» respublika fond birjasidan (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati ortda qolgan haftani pasayish bilan yakunladi. Kursiv Uzbekistan hafta davomida RFBdagi qimmatli qogʻozlarning oʻzgarish dinamikasi oʻrganib chiqdi.

10-yanvardan 17-yanvarga qadar UCI fond indeksi 2,42 foizga pasaydi. Ushbu davrda faqatgina «Aloqabank»ning oddiy aksiyalari (+2,56 foiz) va imtiyozli aksiyalari (+0,36 foiz), «OKMK» (+0,01 foiz), «Chilonzor buyum savdo kompleksi» (+1 foiz) hamda «O‘zbektelekom» (+8,27 foiz) aksiyalari o‘sdi.

Oʻz navbatida, haftani salbiy yakunlaganlar kompaniyalar qatoridan «Oʻzsanoatqurilishbank» (-19,03 foiz), «Turonbank» (-14,61 foiz) va «Oʻzbekneftgaz» (-8,81 foiz) kompaniyalarining aksiyalari joy oldi.

Hafta davomida eng koʻp bitimlar amalga oshirilgan kompaniyalar roʻyxatidan esa «Chilonzor buyum savdo kompleksi» (667 ta), «OʻzRTXB» (529 ta) va «Aloqabank» (404 ta) egalladi.

22 ta yuqori likvidli aksiyalardan beshtasi haftani yashil rangda yakunlagandi. Mazkur davrda «Toshkent» respublika fond birjasida 6,03 mlrd soʻmlik 6,5 mingta bitim amalga oshirildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan bir hafta ichida SQB, «Oʻzmetkombinat» va «Oʻzbektelekom» aksiyalari narxlarida qanday oʻzgarishlar kuzatilgani haqida xabar bergan edi.