Toshkentdan Qozonga uchgan samolyot dronlar sababli qo‘nishni amalga oshira olmadi
eʼlon qilindi
Samara shahrining zaxira xalqaro aeroportiga jo‘nab ketgan
Toshkentdan Qozonga uchgan samolyot «Gilam» rejasi joriy etilgani sababli aeroportga qoʻna olmadi. Bu haqda «Novosti Tashkentskogo neba» Telegram kanali xabar berdi.
Red Wings aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirgan reys «Gilam» rejasining joriy etilishi tufayli aeroportdan 80 kilometr uzoqlikdagi kutish zonasida aylanishga majbur boʻldi. Shundan keyin Samara shahrining zaxira xalqaro aeroportiga joʻnab ketgan.
Qozon aeroportida dron tufayli samolyotlarni qabul qilish va chiqarishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgan.
Avvalroq «Kursiv» Uzbekistan Airways samolyotida texnik nosozlik kuzatilgani haqida xabar bergan edi.