Yangiliklar

Tramp inauguratsiyadan keyin Putin bilan muloqot tashkil etishni topshirdi

Bu haqda CNN xabar berdi
US President-elect Donald Trump and Russian President Vladimir Putin
Foto: CNN

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp oʻz yordamchilariga Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uning inauguratsiyasidan keyingi kunlarda telefon orqali muloqot uyushtirishni topshirdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, suhbatning maqsadlaridan biri Ukrainadagi mojaroga chek qoʻyish uchun yaqin oylarda shaxsiy uchrashuvni muhokama qilish boʻladi.

Trampning jamoasi bir necha haftadan beri Rossiya yetakchisi bilan muzokaralarga tayyorgarlik koʻrmoqda, ammo suhbatning aniq sanasi hozircha nomaʼlum. Trampning fikricha, Putin bilan toʻgʻridan toʻgʻri hamkorlik mojaroni hal qilish uchun zarur.

CNNʼning taʼkidlashicha, bu deyarli uch yil davomida Putin bilan toʻgʻridan toʻgʻri aloqa qilishdan qochgan Jo Baydenning yondashuvidan keskin farq qiladi.

Financial Times maʼlumotlariga koʻra, Tramp jamoasi Ukrainadagi mojaroni olti oy ichida hal qilishni rejalashtirmoqda, bu yevropalik hamkorlar tomonidan Kiyevni qoʻllab-quvvatlashni davom ettirish belgisi sifatida qabul qilinmoqda.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning taʼkidlashicha, AQSh ritorikasidagi oʻzgarishlar haqida faqat Trampning rasmiy lavozimga tayinlanishidan keyin gapirish mumkinligini aytdi. Shu bilan birga, Peskovning taʼkidlashicha, Moskva va Kiyev oʻrtasidagi muzokaralarni tiklash uchun hozir hech qanday asos yoʻq.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp inauguratsiyadan soʻng muhojirlarni deportatsiya qilishni boshlashishi haqida xabar bergan edi.