Yangiliklar

«Ekofaol fuqaro» platformasi ishga tushiriladi

2025-yil 1-iyuldan
Foto: Pexels.com

Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tumanlarida 100 gektar yer uchastkalarida brussonetiya daraxtlarini yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha pilot loyihalar amalga oshiriladi. Bu haqda Bandlik vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ushbu loyihada kambag‘al oila a’zolari jalb etiladi, va tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, kelajakda boshqa hududlarga kengaytirish rejalashtirilgan.

2025-yil 1-iyuldan boshlab, «Ekofaol fuqaro» platformasiga daraxt ekkanligi to‘g‘risida ma’lumot kiritgan kambag‘al fuqarolarga subsidiyalar ajratilishi yo‘lga qo‘yiladi. Har 100 ta ekilgan daraxt uchun bazaviy hisoblash miqdorida subsidiya taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi yangi lavozim uchun tanlov e’lon qilgan edi.