Og‘ir ahvoldagi mahallalarda quyosh fotoelektr stansiyalari barpo etiladi

eʼlon qilindi
Aholi bandligini ta’minlash uchun
Foto: Bandlik vazirligi

O‘zbekistonning 300 ta eng og‘ir ahvoldagi mahallasida kooperatsiya asosida 180-500 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi. Bu haqda Bandlik vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ushbu stansiyalarga kambag‘al oilalar vakillari ulushdor sifatida jalb qilinadi. Stansiyalarni boshqarish va xizmat ko‘rsatish uchun kambag‘al oilalar a’zolari maxsus o‘qitilib, ishga qabul qilinadi.

Bu loyiha aholi bandligini ta’minlash va yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan muhim tashabbus sifatida baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda yangi elektr stansiyasi qurilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek