Mirziyoyev Trampni Oʻzbekistonga taklif qildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Amerika prezidentini yangi prezidentlik muddati bilan tabrikladi
Foto: Jonatan Ernst/Depositphotos

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amerikalik hamkasbi Donald Trampni lavozimga kirishgani bilan tabrikladi va uni Oʻzbekistonga taklif qildi.

Mirziyoyev Trampning yangi prezidentlik davrida AQShning xalqaro nufuzi va roli yanada oshishiga ishonch bildirdi.

Bundan tashqari, Toshkent Vashingtonning Oʻzbekistonning hududiy yaxlitligiga qaratilgan siyosatini yuqori baholaydi.

Shuningdek, Trampning birinchi prezidentlik davrida ikki davlat oʻrtasida strategik sheriklikning yangi davri boshlangani ta’kidlandi. Oʻzbekiston AQSh bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp Jo Baydenning 78 ta qarorini bekor qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek