Oʻzbekiston oltin eksportini 8,3 foizga kamaytirdi

eʼlon qilindi
Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi
Foto: Unsplash

Oʻzbekiston 2024-yilda xorijga $7,2 milliardlik nomonetar oltin yetkazib berdi, bu 2023-yilga nisbatan 8,3 foizga kamdir. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi umumiy eksportining 27,8 foizi qimmatbaho metallar hissasiga toʻgʻri keldi.

Oʻzbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga koʻra, 2024-yilda mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari yillik 19,1 foizga oʻsib, $41,18 milliardga yetdi. Valyuta aktivlariga $8,6 mlrd, oltinga $32 mlrd toʻgʻri keldi.

Mutaxassislar joriy yil oxirigacha oltin narxi $2,9 minggacha koʻtarilishini prognoz qilmoqda. Qiymatning oshishiga jahon Markaziy banklari tomonidan talabning ortishi va geosiyosiy xatarlar kabi omillar sabab boʻlishi mumkin.

Shuningdek, narxlarning oʻsishiga Trampning Xitoy tovarlarini AQShga olib kirish uchun 60 foiz boj joriy etish haqidagi vaʼdalari taʼsir qilishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 17-yanvardan Markaziy bank 100 grammlik oltin quymalarini sotuvga chiqargani haqida yozgan edi.

Shuningdek