2025-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi 37 million 543 ming 167 kishini tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich mamlakat aholisining o‘sib borayotganini aks ettiradi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Aholi tarkibida ayollarning soni 18,6 millionni, erkaklar soni esa 18,9 millionni tashkil qilmoqda. Bu ko‘rsatkichlar jamiyatning gender tarkibida erkaklar sonining ayollarga nisbatan biroz ko‘proqligini ko‘rsatadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakatga 2024-yilda kelib tushgan pul o‘tkazmalari 30 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.