Qiynoqqa solish holatlarining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi

eʼlon qilindi
Tergov hibsxonasiga joylashtiriladigan shaxs majburiy ravishda hibsxonada tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
Foto: tomloel / www.depositphotos.com

Oliy Majlisda jinoyat ishini yuritish chog‘ida shaxslarni qiynoqqa solish holatlarining oldini olishga qaratilgan muhim qonun loyihasi ikkinchi va uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qabul qilindi.

Mazkur qonun loyihasi «Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida»gi qonunga tegishli qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadi. Yangi tartibga ko‘ra:

  • Tergov hibsxonasiga joylashtiriladigan shaxs majburiy ravishda hibsxonada tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi:
  • Agar tibbiy ko‘rik davomida shaxs tanasida jarohatlar yoki shikastlanishlar aniqlansa, bu haqda zudlik bilan prokurorga xabar berish tartibi joriy etiladi.

Ushbu o‘zgarishlar qamoqqa olingan shaxslarga nisbatan qiynoqqa solish yoki qonunchilikka zid boshqa xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan muhokamadan so‘ng uchinchi o‘qishda tasdiqlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan kredit bitimlari uchun taqiq va javobgarlik: qonun loyihasi qabul qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek