Toshkent viloyatida odam savdosi qurbonlari qutqarildi

eʼlon qilindi
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Foto: IIBB

Toshkent viloyati IIBB tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ikki nafar yosh ayolni odam savdosi qurboni bo‘lishining oldi olindi. Bu haqda Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

«Xavfsiz hudud» profilaktik tadbirlari doirasida Nurafshon shahrida yashovchi ayol ikki qizni aldov yo‘li bilan Turkiyaga jo‘natishga urinishiga chek qo‘yildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1999-yilda tug‘ilgan fuqaro Bekobod shahri va O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi 21 yoshli ikki qizni katta daromad topish imkoniyati bilan ishontirgan. Ularni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Istanbul shahriga fohishalik maqsadida jo‘natmoqchi bo‘lgan va bu harakati chog‘ida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirgi kunda tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkiyada oʻzbekistonliklarni fohishalik uchun sotgan ayol qoʻlga olingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek