O‘zbekistonliklar asosan qaysi davlatlarga sayohat qilishmoqda
2025-yil boshida O‘zbekiston sayohatchilari orasida eng mashhur yo‘nalishlar Rossiya, BAA, Turkiya va Saudiya Arabistoni bo‘ldi, deb ma’lum qildi Aviasales matbuot xizmati nashrimizga.
Unga ko‘ra, aviachipta narxlari turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zgaruvchan dinamikani ko‘rsatdi. Reyslar soni ortgan sababli Rossiyaga yo‘l oladigan uchishlar 13% ga arzonlashdi. Shu bilan birga, BAAga ham chipta narxlari o‘rtacha 6% ga oshdi, bunga sabab esa qishki mavsumda talabning oshganidir.
Turkiyadagi sayyohlik mavsumining yakunlanishi va reyslar sonining ko‘payishi ortidan o‘zbekistonlik sayohat qiluvchilar uchun yanada arzonlashtirdi. 2025-yil boshida o‘rtacha narx 8% ga pasaygan.
Saudiya Arabistoniga chipta narxlari esa 22% ga qimmatlashdi. Bu esa haj va umra qiluvchilar, sayohatchilar va tadbirkorlar tomonidan talabning yuqoriligi bilan bog‘liq deya baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Rossiya va Xitoyga yangi avtobus qatnovlari tashkil etilgan edi.