Yangiliklar

22-yanvar kuni qanday ob-havo kutilmoqda

Asosan bulutli
Foto: Pexels.com

Bugun O‘zbekistonning turli viloyatlarida havo sharoitlari turlicha bo‘ladi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet» agentligi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lib, kechasi va ertalab tuman kuzatilishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi va ba’zi joylarda 12-14 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 1-3° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi va ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi esa 3° sovuqdan 2° iliqqacha o‘zgaradi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir va qor) bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli mavjud. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi va ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3° sovuqdan 2° iliqqacha, kunduzi esa 0-5° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ham havo biroz bulutli, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi va ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda esa 20-23 m/s gacha tezlashishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli mavjud. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi va ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi esa 3-8° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi va ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda esa 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli mavjud.

Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda esa 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi esa 0-5° iliq bo‘ladi.