«Cyber university» davlat universiteti tashkil etiladi

eʼlon qilindi
Bu haqdagi qaror prezident tomonidan imzolangan
Foto: Gorodenkoff / www.depositphotos.com

O‘zbekistonda «Cyber university» davlat universiteti tashkil etildi. Bu haqdagi qaror prezident tomonidan imzolangan. Ushbu universitet axborot texnologiyalari, kiberxavfsizlik, raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt sohalarida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashadi.

Mazkur universitetning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish va tadqiqotlar olib borish. Universitet fundamental, ilmiy va amaliy tadqiqotlarni talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda amalga oshiradi;

axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohalarida kadrlar tayyorlash. Bu sohalar qatoriga robototexnika, raqamli iqtisodiyot, shuningdek, avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy tizimlar kiradi;

mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirish. Raqamli texnologiyalar bo‘yicha zamonaviy bilimlar berishga yo‘naltirilgan dasturlar amalga oshiriladi;

ilg‘or xorijiy tajriba asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish. Universitet ochiq axborot-ta’lim muhitining rivojlanishiga ko‘maklashadi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash. Yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ishga qabul qilishda yordam ko‘rsatish maqsad qilib qo‘yilgan;

ilmiy va o‘quv loyihalarni amalga oshirish. Yetakchi respublika va xorijiy ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari va raqamli texnologiyalar ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik kuchaytiriladi;

ta’lim jarayonida talabalar va mutaxassislar jalb qilingan holda o‘quv-metodik adabiyotlar yaratiladi, fundamental tadqiqotlar olib boriladi va xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan energetiklar tayyorlashga yo‘naltirilgan yangi yo‘nalish ochilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek