Namangan aeroporti tuman sababli uchta reysni qabul qila olmadi
eʼlon qilindi
Kecha tunda

Qalin tuman sababli Namangan xalqaro aeroportida havo kemalarining uchish va kelishiga vaqtincha cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Sochi – Namangan yo‘nalishidagi HY-9826 reysi Farg‘onadagi muqobil aerodromga, Flynas aviakompaniyasining Jidda – Namangan yo‘nalishidagi XY-651 reysi Toshkent aeroportiga yo‘naltirildi.
Shuningdek, Qanot Sharq aviakompaniyasining Istanbul – Namangan yo‘nalishidagi HH-578 reysi ham Toshkentga kelib qo‘ndi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024-yilda Oʻzbekiston aeroportlari 13,5 mln yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgani haqida yozgan edik.