Yangiliklar

Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim bo‘ldi

Foto: Samarqand viloyati hokimligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Sirdaryo viloyatining avvalgi hokimi Akmaljon Mahmudaliyev  hududida investitsiyalarni jalb qilish va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi jiddiy kamchiliklari tufayli lavozimidan ozod etilgan edi.

Ma’lumot uchun, Turdimov 2018-yildan 2024-yilgacha Samarqand viloyati hokimi bo‘lgan, 2008 − 2016-yillar davomida Navoiy viloyatini boshqargan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan investitsiya loyihalarida mahalliy mahsulotlardan foydalanish kuchaytirilishi haqida xabar bergan edi.