
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toivo Klaar bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
Uchrashuvda tomonlar «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» sammitiga tayyorgarlik mavzusini muhokama qildi.
«Janob Klaar ayollarning huquqiy himoyasi va iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarimizni qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi», – deb yozdi prezident yordamchisi.

Eslatib o‘tamiz, «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» sammiti aprel oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva xalqaro fan olimpiada g‘oliblari bilan uchrashgan edi.