2030-yilgacha 100 ta «Yangi O‘zbekiston» massivi quriladi

eʼlon qilindi
Ularning har birida 2 mingtadan xonadon quriladi
Foto: President.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-yanvar kuni ipoteka dasturi doirasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilgi rejalar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, o‘tgan yil davomida O‘zbekistonda 40 mln kvadrat metr maydonda yangi bino va inshootlar qurildi, shu jumladan, 100 mingdan ziyod xonadonlarga ega 2 mingdan ortiq ko‘p qavatli uylar barpo etildi.

Qurilish va ipoteka dasturlari iqtisodiyotga qo‘shimcha 11 trln so‘mlik bozor yaratdi va 350 ming kishini ish bilan ta’minladi. 2024-yilda 59 ming kishi 17 trln so‘m ipoteka krediti oldi. Biroq ayrim hududlarda qurilish ishlari kechikdi va ba’zi loyihalar ishga tushmadi.

Prezident «Yangi O‘zbekiston» massivlarini qurish masalasida yangi tartib belgilab, yer ajratishdan loyihalashgacha bo‘lgan jarayonlarni qisqartirishni ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan birga, yangi massivlar uchun infratuzilma yaratish uchun 1,2 trln so‘m ajratilishi, qurilishda «eskrou» tizimi joriy qilinishi va sifatli qurilish uchun zamonaviy menejerlar tayinlanishi rejalashtirilmoqda.

2025-yilda 120 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar qurilishi, «Yangi Toshkent»da esa 15 ming xonadon barpo etish rejalashtirilgan. Shuningdek, 15,5 trln so‘m ajratilib, 70 mingta xonadon ipoteka krediti orqali sotilishi rejalangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazini qurilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek