23-yanvar O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kuzatiladi

Toshkent shahri va respublikaning ko‘plab viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘lib, kechasi vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi va tuman tushishi mumkin, deb yozmoqda «O‘zgidromet».
Unga ko‘ra, Toshkentda kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, lekin kechasi havo 3-5° sovuq bo‘ladi, kunduzi esa 1° sovuq-1° iliq bo‘lishi ehtimoli bor.
Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, lekin yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamolning tezligi 7-12 m/s bo‘lib, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi esa 0-5° sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 7-12 m/s bo‘lib, ba’zi joylarda kuchayishi mumkin. Kechasi havo 5-10° sovuq, kunduzi esa 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.
O‘zbekistonning janubiy hududlari – Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi 0-5° sovuq, kunduzi esa 3-8° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bulutli, ba’zi joylarda qor yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi 7-12 m/s, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘lib, qor yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlaridagi tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi mavjud. Harorat kechasi 10-15° sovuq, kunduzi esa 5-10° sovuq bo‘lishi kutilmoqda.