“Baytqorgon – Parkent” elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi boshlanadi

eʼlon qilindi
Umumiy uzunligi 23,8 kilometrlik
Foto: «Toshkent MTU» UK

Toshkent viloyati Parkent tumanida «Baytqorgon – Parkent» oralig‘ida elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasining qurilish ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda «Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli» unitar korxonasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, loyiha bo‘yicha «Baytqorgon – Parkent» elektrlashtirilgan temir yo‘li umumiy uzunligi 23,8 kilometrni tashkil etadi. Yangi yo‘nalishni loyihalash ishlari «Boshttransloyiha» aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshiriladi, qurilish ishlari esa temiryo‘l mutaxassislari tomonidan bajariladi.

Loyiha doirasida 2 ta ajratish punktlari, 4 ta ko‘prik, 2 ta yo‘l o‘tkazgich, 1 ta tunnel turidagi yo‘l o‘tkazgich, 78 ta suv o‘tkazish inshooti, 7 ta avtomobil yo‘li va temir yo‘l kesishmasi qurilishi rejalashtirilgan.

Ushbu yangi loyiha orqali Parkent tumanining tog‘li so‘lim go‘shalariga tashrif buyuruvchilar, ayniqsa, sayyohlar oqimi orttrirish ko‘zda tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xitoylik investorlarnig Nurafshon shahrida qurilish materiallari klasteri va mehmonxona qurishi haqida yozgan edik.

Shuningdek