Fransiyaning Proparco kompaniyasi «Davr bank»ga $20 million ajratadi
Fransiyaga tegishli Proparco kompaniyasi «Davr bank»ga $20 mln kredit ajratadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, pul kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va ayollarning moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltiriladi. Proparko bankning moliyaviy yordami uning «Tengsizlikni kamaytirishga hissa qo‘shish» tashabbusiga mos kelishini ta’kidladi.
«Mablag‘lar bizga mamlakat iqtisodiyotining asosiy tarmog‘i bo‘lgan kichik biznes uchun moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi. Mablag‘larning salmoqli qismi tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishi ayniqsa muhim, – deydi “Davr bank» boshqaruvi raisi Abdumazhid Samadov.
Ma’lumot uchun, Proparco Fransiya taraqqiyot agentligining (AFD) sho‘ba korxonasi bo‘lib, 1977-yilda tashkil etilgan va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Davr Bank» moliyaviy jarimaga tortilgan edi.