Ikki o‘zbekistonlik Qozog‘istondan benzinni shlang orqali olib o‘tishga urindi

eʼlon qilindi
Huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida
Foto: Pexels.com

Toshkent viloyatining Qibray tumanida ikki o‘zbekistonlik fuqaro Qozog‘iston fuqarosi bilan birgalikda qonunsiz ravishda AI-92 markali benzinni O‘zbekiston hududiga olib kirish va sotish bilan shug‘ullangani aniqlandi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ushbu noqonuniy faoliyatni amalga oshirish uchun ular Qozog‘istonning Turkiston viloyati Sariyog‘och tumanidan Qibray tumaniga 300 metr uzunlikdagi yer osti quvuri orqali benzin olib o‘tishgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda. Shuningdek, Qozog‘iston huquqni muhofaza qiluvchi organlariga xabar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 5,6 milliard so‘mlik zargarlik buyumlarini olib o‘tilishiga chek qo‘yilgan edi.

Shuningdek