Migrantlarga bo‘lgan siyosatning o‘zgarishi O‘zbekistonga yuboriladigan pul o‘tkazmalariga qanday ta’sir qiladi

Bugun Markaziy bankda matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda jurnalistlar AQSh va Rossiyada migrantlarga bo‘lgan siyosatning o‘mamlakatga qilinadigan pul o‘tkazmalariga qanday ta’sir qilishi borasida qiziqishdi, deb xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.

«Bu siyosatning o‘zgarishi va migrantlarning keskin kamayishi pul o‘tkazmalarga jiddiy ta’sir etganicha yo‘q. Masalaga har tomondan qarash zarur. Chet elga ishlash maqsadida borgan fuqarolarning soni kamaygan bo‘lsa-da, oylik maoshning ortishi bu kabi o‘tkazmalarning, aksincha, ortishiga olib kelgan. Markaziy bank bu mavzuni atroflicha o‘rganmoqda. Tayyor bo‘lganda sizlarga barcha ma’lumotlar taqdim etiladi», – dedi Markaziy bank boshqaruv raisi o’rinbosari Behzod Hamrayev.
Qayd etish joizki, 2024-yilda O‘zbekistonga transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi $14,8 mlrdni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 30 foizga yoki $3,4 mlrdga oshdi.

Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, migrantlar an’anaviy mamlakatlarga emas, balkim yuqori maosh taklif etayotgan Yevropa davlatlariga borish holatlari ko‘paymoqda. Shuning uchun ham, Yevropadan keladigan pul o‘’tkazmalari soni ba’zi davlatlarda, hattoki 2-3 barobarga ko‘paymoqda», – deb qo‘shimcha qildi Markaziy bank boshqaruv raisining o‘rinbosari Abror Olimov.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mazkaziy bank asosiy stavkani oʻzgarishsiz qoldirgani haqida xabar bergan edi.