Shavkat Mirziyoyev raisligida ipoteka dasturi doirasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil uchun rejalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Mamlakatimizda aholiga rasmiy ish joyi bo‘lmasa ham, daromadini deklaratsiya asosida hisobga olib, ipoteka krediti olish imkoniyati yaratilgan. Ammo ayni vaqtda xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarimiz uchun bu imkoniyat to‘liq qo‘llanilmayapti. Ular «O‘zbekistonda rasmiy daromadi yo‘q» degan vaj bilan kredit va subsidiya olish huquqidan mahrum bo‘lmoqda.
Shu munosabat bilan mutasaddi tashkilotlarga xorijda ishlayotgan va oxirgi olti oy davomida muntazam ravishda pul mablag‘lari yuborib kelayotgan fuqarolar daromadini hisobga oladigan yangi tizimni joriy etish bo‘yicha topshiriq berildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan kredit bitimlari uchun taqiq va javobgarlik: qonun loyihasi qabul qilingani haqida xabar bergan edi.