23-yanvar kuni AQSh dollarining rasmiy kursi 10,87 soʻmga tushib, 12 979,13 soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur ko‘rsatkich rekord darajadan keyin dastlabki tushish bo‘ldi.
Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarni 12 950 – 12 960 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12995 – 13 050 soʻm oraligʻida sotmoqda.
Shu bilan birga, yevro 56,78 soʻmga tushib, 13 513,87 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 0,67 soʻmga tushib, 131,22 soʻmga teng boʻldi.
Kursiv Uzbekistanʼga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.