Oltin quymalar narxi o‘sishda davom etmoqda

eʼlon qilindi
Oltin quymalarining narxi kechagi kun bilan solishtirganda oshgani kuzatildi
Foto: bashta / Depositphotos

Oʻzbekiston Markaziy banki oltin quymalari va qimmatbaho metallardan yasalgan esdalik tangalari narxi yana oshdi. Bu haqda regulyator axborot xizmati xabar berdi.

23-yanvar holatiga ko‘ra, oltin quymalarining narxi bir kun oldingi ko‘rsatkichlarga nisbatan oshgan. Xususan, 5 grammli quymaning narxi 34 ming so‘mga qimmatlashib, 5,9 million so‘mni tashkil etdi. 10 grammli esa 68 ming so‘mga ko‘tarilib, 11,8 million so‘mdan sotilmoqda. Shuningdek, 20 grammli quymaning narxi 138 ming so‘mga oshib, 23,6 million so‘mga yetdi.

Shuningdek, yirik hajmdagi oltin quymalarning narxi ham oshdi. 50 grammli oltin narxi 343 ming so‘mga ko‘tarilib, 59,1 mln so‘mga yetgan bo‘lsa, 100 grammli oltin 687 ming so‘mga qimmatlashib, 118,3 so‘mdan sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 17-yanvardan Markaziy bank 100 grammlik oltin quymalarini sotuvga chiqardi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat oltin eksportini 8,3 foizga kamaytirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek