Oʻzbekiston hududida zilzila sodir boʻldi
eʼlon qilindi
Zilzila epitsentri Buxoro viloyati

Bugun, 23-yanvar kuni soat 05:44 da Oʻzbekistonda yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Zilzila epitsentri Buxoro viloyati, Jondor tumanida. Magnituda – 4. Epitsentr Toshkentdan 526 km janubi-gʻarbda.
sezilish kuchi:
- Peshku tumanida 2 ball, 47 km;
- Qorakoʻl tumanida 2 ball, 49 km.
Avvalroq Kursiv Uzbkekistan Qashqadaryo viloyatida 3,9 magnitudali zilzila qayd etilgani haqida xabar bergan edi.